“Toshshahartransxizmat” AJ tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Boshqaruv raisi kubogi – 2026” futbol musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada jamiyatning 8 ta avtobus saroyi hamda markaziy apparat xodimlaridan shakllantirilgan jami 12 ta jamoa o‘zaro kuch sinashmoqda.
Hozirga qadar musobaqaning 1- va 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Maydonda jamoalar g‘alaba uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solib, murosasiz va qizg‘in bahslarda ishtirok etishdi.
Jamoalarning turnir davomida to‘plagan ochkolari, egallab turgan o‘rinlari va natijalari bilan videolavhamiz yakunida tanishishingiz mumkin.
Oldinda jamoalarni yana bir hal qiluvchi va qizg‘in tur kutmoqda. Yakuniy natijalar va kubok sohibi kim bo‘lishi esa navbatdagi uchrashuvlarda ma’lum bo‘ladi.
Barcha jamoalarga kelgusi bahslarda omad, munosib raqobat va yorqin g‘alabalar tilaymiz! Maydonda mahorat, jamoada hamjihatlik va musobaqada haqiqiy sport ruhi ustuvor bo‘lsin!